
EIZ “Qorako‘l” langar rezidenti «ESG-2023-yilning eng sara yutuqlari” nominatsiyasiga nomzod bo‘ldi
12—14-sentyabr kunlari Olmaota shahrida boʻlib oʻtgan “Markaziy Osiyo va Kaspiy dengizi neft va gazni qayta ishlash va neft kimyosi” deb nomlangan 10-xalqaro konferensiyasida MTO texnologiyasi asosidagi “Qorakoʻl” erkin iqtisodiy zonasi gaz-kimyo majmuasining langar rezidenti « ESG-2023-yilning eng sara yutuqlari » nominatsiyasida g’olib deb topildi.
MTO texnologiyasi asosidagi gaz-kimyo majmuasi (GKM MTO) ekologik barqaror ishlab chiqarish, ijtimoiy mas’uliyat va resurslarni samarali boshqarish sohasidagi yutuqlari uchun e’tirof etildi.
GKM MTO ning » ESG-2023-yilning eng sara yutuqlari » nominatsiyasida taqdirlanishi uning zamonaviy gaz-kimyo ishlab chiqarish zavodini qurishga qo’shgan hissasining sharafli e’tirofidir. Kompleks atrof-muhitga zararli chiqindilarni kamaytirish, tabiiy resurslardan samarali foydalanish, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish, shuningdek, o‘zi faoliyat yuritayotgan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ilg‘or usullarini faol qo‘llash tarafdori hisoblanadi.
Ushbu mukofot, GKM MTO ning innovatsion yetakchi sifatidagi o’rnini nafaqat uglevodorod resurslarini chuqur qayta ishlash va ular asosida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida, balki ESGning ilg‘or tajribalarini joriy etish nuqtai nazaridan ham o’zbek sanoati va shu bilan birgalikda butun mintaqani rivojlantirishdagi yuqori maqveini tasdiqlaydi.
GKM MTO- EIZ “Qorakoʻl” langar rezidenti “Markaziy Osiyo va Kaspiy dengizida neft va gazni qayta ishlash” tadbiri tashkilotchilariga ularni e’tirof etganliklari va qo’llab -quvvatlaganliklari uchun o’zlarining chuqur minnatdorchiligini bildiradi.