
“Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasi uchun infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha direksiya tashkil etildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida Infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha maxsus direksiya (Direksiya) tashkil etilishini tasdiqladi.
Direksiya Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasi (“Qorako‘l” EIZ) infratuzilmasini rivojlantirish, qurish va ta’mirlash ishlarini boshidan oxirigacha nazorat qiladi.
Direksiyaning masʼuliyat sohasiga bevosita “Qorakoʻl” EIZ va uning ishtirokchilari uchun yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish kiradi.
Ixtisoslashtirilgan direksiyani tashkil etish orqali davlat bu orqali yirik investitsiya loyihalarini EIZ faoliyati uchun zarur resurslar bilan ta’minlash muammosini hal qilishga intiladi. Direksiya “Qorako‘l” EIZ uchun temir yo‘llar qurish, shuningdek, elektr tarmoqlari, suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlarini o‘rnatish ishlarini amalga oshirmoqda.
“Qorako‘l” EIZ hududida korxonalar qurish jarayonida infratuzilmaning yaratilishi ham mahalliy, ham xorijiy investitsiya kompaniyalarining samarali faoliyat yuritishi, va murakkab loyihalarni amalga oshirishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
“Qorakoʻl” EIZ Oʻzbekistondagi birinchi erkin iqtisodiy zona boʻlib, gaz-kimyo sanoatida kompleks loyihalarni amalga oshirishga moʻljallangan. “Qorakoʻl” EIZ hududida polimer xomashyosi ishlab chiqaruvchisi – MTO texnologiyasi asosidagi gaz-kimyo majmuasi ham, uning asosiy isteʼmolchilari – toʻqimachilik mahsulotlari, kiyim-kechak va poyabzal, tibbiyot buyumlari, avtomobil butlovchi qismlari va boshqa koʻplab korxonalar joylashadi.
Xom ashyoni ishlab chiqarish va ularni yakuniy mahsulotga qayta ishlash bir hududda amalga oshiriladigan “Qorako‘l” EIZning klaster modeli butun ishlab chiqarish zanjiri bo‘ylab xarajatlarni sezilarli darajada optimallashtirish imkonini beradi.
“Qorako‘l” EIZ bosh direktori Bahodur Hafizovning so‘zlariga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi hukumati huzurida erkin iqtisodiy zona infratuzilmasini rivojlantirishni nazorat qiluvchi maxsus tuzilmaning tashkil etilishi Qorako‘l EIZning bu boradagi muhim rolidan dalolat beradi. Prezidentimizning “Yangi O‘zbekiston” siyosatini va mamlakatimizda yuqori texnologiyalar sanoatini hayotga tatbiq etish hamda ularning mavqeini mustahkamlash va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan korxonalarning rivojlanishiga qo‘shimcha turtki beradi.