
“Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasi va “Alyat” erkin iqtisodiy zonasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi
“Qorako‘l” Erkin Iqtisodiy Zonasi (EIZ) direktori – Bahodur Hafizov boshchiligidagi va MTO texnologiyasiga asoslangan gaz-kimyo majmuasi hodimlaridan tashkil topgan qo‘shma delegatsiya, Ozarbayjondagi (EIZ) “Alyat” Erkin Iqtisodiy Zonaga ular bilan tajriba almashish, ilg‘or tehnologiyalarni o‘rganish va hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyatlarini shakllantirish maqsadida tashrif buyurdi.
Tashrif chog‘ida qo‘shma delegatsiya EIZ “Alyat” obyektiga tashrif buyurib, ushbu hududda yaratilgan ish sharoitlari, infratuzilma va investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar bilan tanishib chiqdi. Shuningdek, “Alyat” EIZ vakillari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilib, unda turli yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish, jumladan, investitsiya salohiyatini rivojlantirish va EIZ faoliyatini eng yahshi amaliyotlar, ilgari texnologiyalar va tajriba almashinuvi masalalari muhokama qilindi.
Tashrif davomida “Qorako‘l” EIZ direktori Bahodur Hafizov va “Alyat” EIZ boshqaruv kengashi raisi Valeh Aleskerov “Qorako‘l” EIZ va “Alyat” EIZ o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Ushbu kelishuv ikki iqtisodiy zona oʻrtasida sarmoya, texnologiyalar va tajriba almashinuvi kabi keng koʻlamli sohalardagi hamkorlikka asos soladi.
Qo‘shma delegatsiya vakillari “Alyat” EIZga ko‘rsatgan mehmondo‘stligi uchun minnatdorchilik bildirib, bunday uchrashuvlar, tajriba almashish iqtisodiy hududlarni rivojlantirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o’tdilar.