“Qorako’l” Erkin Iqtisodiy Zonasini barpo etilishiga kirishildi

“Qorako’l” Erkin Iqtisodiy Zonasini barpo etilishiga kirishildi

4 iyul 2022 yilda

“Qorako’l” Erkin Iqtisodiy Zonasini barpo etilishiga kirishildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining № 357 sonli qarori bilan Buxoro viloyatidagi “Qorako’l” erkin iqtisodiy zonasini (EIZ) yaratilishi boshlandi.

Ushbu qaror Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston tabiiy resurslaridan foydalangan holda qoʻshimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish boyicha tanlagan yo’nalishini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

“Qorakoʻl” EIZ Qorakoʻl viloyatining jadal rivojlantirish hududi boʻlib, Oʻzbekiston janubining yangi sanoat-iqtisodiy markaziga aylanadi, 2300 dan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratadi va shu bilan birgalikda butun Buxoro viloyatining ijtimoiy-sanoat sohalarida rivojlanishiga xizmat qiladi.

Aynan shu yerda sanoat, biznes, transport, logistika va ijtimoiy infratuzilma shakllanadi. Bundan tashqari, tegishli mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Buxoro davlat universiteti va Buxoro muhandislik-texnologiya institutida ixtisoslashtirilgan fakultetlarni tashkil etish rejalashtirilgan.

Bir qancha yirik korxonalar EIZ hududida obyektlarni joylashtirishga qiziqish bildirishgan. Ular orasida eng yirik gilam ishlab chiqaruvchi SAG va UrGaz, quvur ishlab chiqaruvchi Vero Group va to‘qimachilik maxsulotlarini ishlab chiqaruvchi Mergantex kompaniyalari bor.

Nashr qilingan sana: 25.02.2023