Afzalliklar

“Qorakoʻl” EIZda investitsiyalarni jalb etish, yangi ishlab chiqarish korhonalarini qurish va foydalanishni ragʻbatlantirish hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan alohida huquqiy rejim oʻrnatildi.

Ushbu huquqiy rejim soliq va bojxona imtiyozlarini, shuningdek, moliyaviy, kredit, yuridik va texnik faoliyat sohasidagi ayrim imtiyozlar va ruxsatnomalarni o’z ichiga oladi.

Moliyaviy afzalliklar

“Qorako‘l” EIZ rezidentlari investitsiya hajmiga qarab 3 yildan 10 yilgacha quyidagi soliqlarni to‘lashdan ozod qilinadi.

Investorga aylanish
  • Foyda solig'idan ozod qilish O‘zbekiston Soliq kodeksining 473-moddasi
    0 %
  • Yer solig'idan ozod qilish 2017-yil 10-apreldagi PKM 196-son “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
    0 %
  • Mulk solig'idan ozod qilish 2017-yil 10-apreldagi PKM 196-son “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
    0 %
  • Suv solig'idan ozod qilish 2017 yil 10 apreldagi PKM 196-son “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
    0 %
  • O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan mashina va uskunalarni olib kirishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilish 2017-yil 10-apreldagi “Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 196-son.
    0 %
  • 7 kun ichida QQSni qaytarishning soddalashtirilgan tartibi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 473-moddasi.